Tanlovning saralash bosqichida har bir ta’lim muassasasining bitiruvchi talabalaridan yaьni 6 nafardan iborat jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda ishtirokchi jamoalar 3 ta shart asosida bahs olib borishdi, tanlov esa yuqori saviyada, xolislik va shaffoflik asosida tashkil etildi.
Tanlovning birinchi shartida-guruhlar o‘zi tahsil olayotgan oliy taьlim muassasasidagi hamda talabalarning amaliyot o‘tagan korhona-tashkilotning sharoitlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha ijobiy ishlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar, so‘nggi yillarda kasaba uyushmasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi, shuningdek, jamiyatda ijtimoiy himoyani yuksaltirish hamda yosh xodimlarga berilayotgan imtiyozlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etishdi.
Ikkinchi shartda- “Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini aniqlash” bo‘lib, unda har bir guruh sardori tanlovning tashkiliy ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan maxsus savollarga javob berishdi.
Uchinchi shartda- “Uy vazifasi” shartida guruhlar jamiyatda uchraydigan ayrim mehnat muhofazasi bo‘yicha muammolarni sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.
Tanlovda ko‘yidagi oliy taьlim muassasalari ishtirok etishdi:
6-o‘rin: Islom Karimov nomidagi texnika universiteti;
5-o‘rin: Gupkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali;
4-o‘rin: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
3-o‘rin: Toshkent temir yo‘llar muhandisligi universiteti;
2-o‘rin: Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish instituti;
1-o‘rin: Toshkent Davlat Agrar universiteti.
G‘oliblar birlashmaning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.