Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Isaev Mahmudjon Negmatovich, Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari Uralboev Begzod hamda TATU Samarqand filiali xodimlari, Samarqand viloyatidagi aloqa korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni TATU Samarqand filiali o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qarshiev Zayniddin Abduvalievich ochib so‘zni yangi qonun targ‘iboti bo‘yicha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bo‘lim mudiri Mahmudjon Isaevga berdi, M.N.Isaev yangi qonunni taqdimot qilib ishtirokilarga qonunning mazmuni va mohiyati, uni amaliyotga qanday qo‘llanilishi to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi O‘RQ-588 son “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi Qonunining Oliy majlis qonunchilik palatasi tomonidan qanday qabul qilinganligi to‘g‘risidagi videorolik ishtirokchilarga havola etildi.