Tadbirni tarmoq xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxoʻjayev ochib, oʻtgan besh yillik faoliyat mobaynida kasaba uyushmalari tomonidan aʼzolar manfaati yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan dolzarb jarayon – hisobot-saylovlar yuzasidan soʻz yuritdi.
Shundan soʻng mavzu yuzasidan maʼruza tinglandi. Hisobot-saylov konferensiyasini olib borish, boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tarkibi va raisini, taftish komissiyasini saylash kabi jarayonlar slayd yordamida tushuntirildi.
– Bu yilgi saylovlarda qator yangiliklar kiritilgan. Buni boshlangʻich tashkilotlarga yetkazishimizda ushbu tadbirning ahamiyati katta boʻldi. Ayniqsa, hisobot-saylovlar jarayoni amaliy tarzda koʻrsatib oʻtilgani yigʻilganlar uchun qiziqarli boʻlib, ortiqcha savollarga oʻrin qoldirmadi, – deydi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Yunus Gapurov.