Tanlovda viloyat hamda tuman axborot-kutubxona markazlaridan 19 nafar mutaxassislar o‘z iqtidori va bilimdonligi namoyish etdilar.
Tanlovning shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ZOOM platformasi orqali jarayonni kuzatib bordilar.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Fotima Murotovna;
2-o‘rin – G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Zuhra Murotovna;
3-o‘rin – Nishon tuman AKM mutaxassisi Ziyotboyeva Durdona Sirojiddin qizi yuqori o‘rinlarni egalladilar.
1-o‘rinni egallagan G‘uzor tumani AKM mutaxassisi Ro‘ziyeva Fotima Murotovna Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.